O‘zbekiston | 13:09 / 12.08.2021
14475
1 daqiqa o‘qiladi

Xiva tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyatining Xiva tumanida hokim o‘zgardi. Bu haqda Xorazm viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Bugun, 12 avgust xalq deputatlari Xiva tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Xiva tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ozod Matyoqubov egallab turgan vazifasidan ozod qilindi

Sessiyada viloyat hokimi F.Ermanov so‘zga chiqib tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini tahlil qildi, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tanqidiy baholadi. 
 
Viloyat rahbari Xiva tumani hokimi lavozimiga viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Hurmat Matrasulov nomzodini tavsiya etdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, H.Matrasulov Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. 

Bundan oldinroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida hamda Samarqand viloyatining Payariq tumanida hokimlar almashgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid