Bugun, 12 avgust kuni Guliston tumani hokimligida Xalq deputatlari Guliston tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi.
Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, yiğilişda iştirok etgan viloyat hokimi Ğofurjon Mirzayev Guliston tumani hokimi lavozimiga Saydimqul Şoyimquloviç Begimqulov nomzodini Xalq deputatlari Guliston tuman Kengaşi sessiyasida tasdiqlaş uçun tavsiya etdi.
Deputatlar reglamentga muvofiq Guliston tuman hokimi lavozimiga Saydimqul Begimqulov nomzodini bir ovozdan ma'qullaşdi.
Saydimqul Begimqulov 1993 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va ötgan yillar davomida viloyatning iqtisodiy sohalarida turli lavozimlarda işlab kelgan.
2012 yildan şu kunga qadar Özbekiston Respublikasi Tovar xomaşyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Şuningdek, sessiyada tuman sektor rahbarlarining ham faoliyatlari qayta körib çiqildi. Unga köra, tuman prokurori lavozimiga Dilşod Muhammadoviç Sangirov, IIB boşliği lavozimiga Şodiyor Usmonoviç Ibragimov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boşliği lavozimiga esa Hasan Nabijon öğli Farsaxanov tayinlandi.
- Ma'lumot uçun, Guliston tumaniga 2018 yil kuzidan buyon Şavkat Ğofurov rahbarlik qilib kelayotgandi.
- Bundan oldinroq 2016 yildan buyon Ğijduvon tumani hokimi lavozimida işlagan Murodjon Umarov işdan olinib, uning örniga Buxoro viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği Şerzod Aşurov tumanning yangi hokimi etib tayinlangani xabar qilingandi.
- Şuningdek, Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi Dilşod Musinov ham işdan olingani xabar qilingan. Kun.uz manbasi ma'lum qilişiça, bu tumanda ham «törtlik» töliq tarkibda işdan ketadi.













