Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi Dilşod Musinov işdan olingan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Dilşod Hamidov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, 11 avgust kuni Musinov tuman hokimligi xodimlari iştirokida yiğiliş ötkazgan va işdan ketayotganini bildirgan. Ammo hokim nega işdan olinayotganiga izoh berilmagan.
12 avgust kuni kunning ikkinçi yarmida xalq deputatlari Payariq tuman kengaşi sessiyasi ötkazilişi rejalaştirilgan. Sessiyada taşkiliy masala körilişi mumkin.
Kun.uz’ning boşqa manbasiga köra, yaqinda prezident administratsiyasi xodimlari iştirokida yiğiliş ötkazilgan. Şuningdek, nafaqat hokim, balki tumanning qolgan uç rahbari ham işdan olingan bölişi mumkinligi aytilyapti.
Eslatib ötamiz, Dilşod Musinov 2019 yildan beri Payariq tumanini boşqarib kelayotgandi.













