Tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar shu paytgacha kamida 279 mlrd so‘mdan ziyod jarima to‘lashgan
Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlanishi ortidan joriy etilgan karantin cheklovlari davrida 1 mln 139 ming 872 nafar shaxs tibbiy niqob taqmagani uchun jarima to‘lagan.
Hududlar kesimida bu borada eng ko‘p qoidabuzarlik Toshkent viloyati (215764 ta), Toshkent shahri (163383 ta) Samarqand (109205 ta) va Farg‘ona (161879 ta) viloyatlarida kuzatilgan. Eng kam ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi (30534 ta), Xorazm (29209 ta) va Navoiy (22346 ta) viloyatlarida qayd etilgan.
Tibbiy niqob taqmagani uchun 2020 yil 16 martdan 2021 yil 18 iyulgacha Qashqadaryoda – 80833, Namanganda – 79270, Surxondaryoda – 58807, Andijonda – 56544, Sirdaryoda – 50748, Buxoroda – 42948, Jizzaxda – 38402 nafar shaxs jarima to‘lagan.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (245 ming so‘mdan 1 mln 225 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tibbiy niqob taqmagani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan o‘zbekistonliklar to‘lagan jarimalar miqdori ma'lum emas. 1 mln 139 ming 872 nafar kishining barchasi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarimaga tortilgan, deb taxmin qilsak, to‘langan jami jarima summasi eng kamida 279 mlrd 268 mln 640 ming so‘mni tashkil etadi. Ayrim huquqbuzarlar bazaviy hisoblash miqdorining ikki yoki undan yuqori baravari miqdorida javobgarlikka tortilganini inobatga olsak, jami jarima miqdori ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, pandemiya davrida karantin qoidalariga amal qilmagani uchun 1 mln 163 ming 27 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:43
Yevrokomissiya Meta’ni qariyb 800 mln yevro jarimaga tortdi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
11:00 / 04.10.2024