Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistonda «xitoylik kelin» Xitoy tilidan dars beradi
“Xitoylik kelin”ga maktabda Xitoy tilidan dars o‘tish huquqini beruvchi o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Gulistondagi umumiy o‘rta ta'lim maktabida Xitoy tilidan dars berish tashabbusi bilan chiqib, viloyatda to‘siqlarga uchragan Murodjon Kenjaboyev hamda uning turmush o‘rtog‘i Li Ting haqidagi ma'lumotlar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘rganildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Respublika ta'lim markazi mutaxassislari ishtirokida “xitoylik kelin”ga maktabda Xitoy tilidan dars o‘tish huquqini beruvchi o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilib, imzolandi. Bu haqda markaz direktori Shuhrat Sattorov ma'lum qildi.
“Tashabbuskor fuqaro — rivojlanishning muhim omili. Yangi g‘oya va takliflarning qabul qilinishi ilg‘or va zaruriy g‘oyalarning tug‘ilishiga zamin yaratadi.
Yaqin yillarda Guliston Xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha o‘zining maktabiga ega bo‘lishiga ishonamiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:24
«O‘zbekneftgaz» Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduqni burg‘ilash bo‘yicha shartnoma imzoladi
11:37
The Insider: 6000 ta firma RFning sanksiya ostidagi yuridik shaxslari bilan savdo qilmoqda
07:45
Xitoyda qariyb 1 kilometrlik eskalator ishga tushdi
07:49 / 09.03.2026