Ijtimoiy tarmoqlarda Gulistondagi umumiy örta ta'lim maktabida Xitoy tilidan dars beriş taşabbusi bilan çiqib, viloyatda tösiqlarga uçragan Murodjon Kenjaboyev hamda uning turmuş örtoği Li Ting haqidagi ma'lumotlar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan örganildi.
Vazirlik xabariga köra, Respublika ta'lim markazi mutaxassislari iştirokida “xitoylik kelin”ga maktabda Xitoy tilidan dars ötiş huquqini beruvçi öquv reja va dasturlari işlab çiqilib, imzolandi. Bu haqda markaz direktori Şuhrat Sattorov ma'lum qildi.
“Taşabbuskor fuqaro — rivojlanişning muhim omili. Yangi ğoya va takliflarning qabul qilinişi ilğor va zaruriy ğoyalarning tuğilişiga zamin yaratadi.
Yaqin yillarda Guliston Xitoy tilini öqitiş böyiça özining maktabiga ega bölişiga işonamiz”, - deyiladi xabarda.
"Inson öz baxti uçun masofadan qörqmasligi lozim”. Xitoylik qiz Sirdaryoga kelin böldi












