Andijon voqealari tasvirlangan hujjatli film namoyish etildi
2005 yilning 12-13 may kunlarida Andijon viloyati markazi Andijon shahrida ro‘y bergan qonli fojialar tasvirlangan hujjatli film YouTube portalida namoyish qilindi.
"Oltin vodiyni titratgan kun" deb nomlangan ushbu filmda terrorchilik harakati tasvirlari, O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning hududga borishi va davlat to‘ntarishiga urinishning bartaraf etilishi tafsilotlari keltirilgan.
O‘sha yilning sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov surishtiruv natijalaridan keyingi hisobotida “O‘zbekiston mustaqil siyosati, uning milliy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish va islomiy davlat barpo etishga qaratilgan, geosiyosiy manfaatlarga to‘liq mos keluvchi puxta o‘ylangan va rejalashtirilgan harakat” deya baholangandi.
Tashqi kuchlar qutqusi bilan jinoiy guruh tomonidan yuzaga keltirilgan tartibsizliklar oqibatida hisobotga ko‘ra, 187 kishi qurbon bo‘lgandi. Shundan 60 nafari tinch aholi vakillari (ularning ichida ikki nafar voyaga yetmaganlar va bir nafari ayol) edi. Terrorchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining 31 nafarini o‘ldirishgan. 287 nafar kishi, jumladan, 91 nafar tinch aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va 59 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.
Terrorchilarga qarshi chora-tadbirlar vaqtida esa 94 nafar terrorchi yo‘q qilingan, 76 nafari yaralangan.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2022
Andijon voqealariga 17 yil to‘ldi
15:20 / 19.04.2022
«Islomga bag‘ishlangan umr» – shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ibratli hayot yo‘li haqida film
10:39 / 07.12.2020
Farg‘ona vodiysidagi qadimiy megalitik sivilizatsiya haqida hujjatli film taqdim qilindi
23:41 / 19.12.2019