3 sentabr kungi tadbirda namoyiş qilingan «Hind Rajabning ovozi» hujjatli filmi — tunislik rejissyor Ben Xaniya tomonidan suratga olingan. Film kinotanqidçilar tomonidan «bu yilgi festivalning eng kuçli va dolzarb asari» deb ta’riflandi.
The Guardian naşrining yozişiça, «Hind Rajabning ovozi» filmini tomoşabinlar premeradan söng 23 daqiqa tik oyoqqa turib olqişladi.
5 yaşındaki Filistinli Hind Receb'in hikayesi İtalya'da 'Özgür Filistin' sloganları eşliğinde uzun süre ayakta alkışlandı
— Anadolu Ajansı (@anadoluajansi) September 4, 2025
🎬 Venedik Film Festivali'nde Receb'in hikayesinin anlatıldığı "The Voice of Hind Rajab (Hind Receb'in Sesi)" filminin prömiyeri yapıldı
🇵🇸 Gösterimin… pic.twitter.com/ojMX8ToFc9
Ijodiy guruhda Bred Pitt, Jonatan Gleyzer, Xoakin Feniks va Alfonso Kuaron ijroçi prodyuser sifatida iştirok etgan.

Film 2024 yil yanvarda Ğazo vayronalari içida maşinada qamalib qolgan Hind Rajabning sönggi, iztirobli qönğiroğini qayta tiklaydi. Qarindoşlarining jasadlari yonida faqat u tirik qolgan edi. Örindiq ostida yaşiringan Hind Rajab Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga qönğiroq qiladi. Ammo qizaloq ham, uni qutqarişga çiqqan şifokorlar ham isroillik harbiylar tomonidan öldirildi. Isroil armiyasi bu iş yuzasidan rasmiy tergov e’lon qilmagan.

«Men Hind Rajabning ovozini ilk marta eşitganimda, bu Ğazoning özi yordam sörayotgandek ovoz edi – ammo heç kim unga yetib bora olmadi»,










