Gollivudning qamoqdan qoçiş haqidagi kinolari juda köp. Ularda mahbus biror usulda, masalan, tunnel qazib yoki kanalizatsiya orqali qamoqxonadan qoçib ketadi. Bizning “qahramonimiz” esa 2005 yil 13 may kuni Andijonda bölgan voqealardagi holatdan foydalangan va turmadan qoçib ketgan. 

Seriali jinoyatlar va 20 yil qamoq

1976 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan Hamidbek Yusufjanov bir neça bor sudlangan. U 16 yoşidayoq, ya’ni 1992 yilda jinoyatga qöl urib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 1996 yilda esa Nukus harbiy garnizon sudining hukmi bilan yana 3 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Biroq 1996 yil 7 avgustdagi amnistiya aktiga köra jazodan ozod etilgan. Guliston şahar sudining 1996 yil 17 oktyabrdagi hukmi bilan esa 4 yilga qamalgan.

Hamidbek Yusufjanov köp ötmay navbatdagi jinoyatga qöl urgan. Uning bu safargi jinoyati ança jiddiy, ya’ni qotillik bilan boğliq edi. U Jinoyat işlari böyiça Sirdaryo viloyati sudining 2004 yil 31 maydagi hukmi bilan jazoni oğirlaştiruvçi holatlarda qotillik, bosqinçilik, mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş jinoyatlarini sodir qilişda aybli deb topilgan. Sud hukmi bilan Hamidbek Yusufjanovga 20 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoning dastlabki 3 yilini turmaga qamaş tarzida ötattiriş belgilangan.

Turmaga bosqin  

Hamidbek Yusufjanov 2004 yil 8 oktyabr kuni Andijon şahridagi turmaga, hozirgi Andijon viloyati IIB 3-sonli Tergov hibsxonasiga olib kelinadi. Mahbus şu tariqa öziga tayinlangan jazoni ötay boşlaydi.

Ammo 2005 yil 12 may kuni Hamidbek Yusufjanovning hayoti özgarib ketadi: ayni şu kuni tunda “Akromiylar” diniy ekstremistik oqim a’zolari u saqlanayotgan turmaga bostirib kirişadi. Jinoyatçilar tödasi bungaça Andijon viloyati IIB PPX va JTSB ma’muriy binosiga qurolli hujum uyuştirib, u yerdan öqotar qurollar hamda harbiy yuk avtomaşinasini qölga kiritgandi.

Ekstremistik oqim a’zolari turmada saqlanayotgan şeriklari bilan birga boşqa mahbuslarni ham ozod qilişadi. Ulardan biri Hamidbek Yusufjanov edi.

“Ular hokimiyatni egallaşlarini aytişdi. Kameradagi narsalarimni yiğiştirib, barça mahbuslar qatori turmadan çiqdim. Turmadan çiqayotgan vaqtimda bir neçta IIB xodimlari yaralanib yotganini kördim. Şunda turmaga qurolli hujum uyuştirilganini bildim.