Bugun, 13 may kuni Andijondagi noxuş voqealarga ön yil töldi. 2005 yilning aynan şu kunida sodir bölgan terrorçilik harakatlari fuqarolarning ölimiga, davlat mulkiga jiddiy zarar yetişiga sabab bölgandi.
Öşa yilning sentabr oyida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov suriştiruv natijalaridan keyingi hisobotida “Özbekiston mustaqil siyosati, uning milliy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini ağdariş va islomiy davlat barpo etişga qaratilgan, geosiyosiy manfaatlarga töliq mos keluvçi puxta öylangan va rejalaştirilgan harakat” deya baholangandi.
Mazkur hisobotda yozilişiça, «terrorçilik harakati natijasida 187 kişi vafot etgan, şulardan 60 nafar fuqarolar, ularning içida ikki nafar voyaga yetmaganlar va bir nafari ayol edi. Terrorçilar huquqni muhofaza qiluvçi organlarning 31 nafarini öldirişgan. 287 nafar kişi, jumladan, 91 nafar tinç aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari va 59 nafar harbiylar turli darajadagi tan jarohatlari olişgan».
Terrorçilarga qarşi çora-tadbirlar vaqtida esa 94 nafar terrorçi yöq qilingan, 76 nafari yaralangan.
Kun.uz sayti tahririyati uşbu voqealarda halok bölgan va aziyat çekkan begunoh fuqarolarning yaqinlari va qarindoşlariga yana bir bor hamdardlik bildiradi.










