Jahongir Ahmedov rejissyorligida yaratilgan “Oq oltin balosi” hujjatli filmi “Oltin Humo – 2025” milliy kinotaqdimotida “Eng yaxşi hujjatli film” nominatsiyasi ğolibi böldi. Kun.uz hamkorligida yaratilgan uşbu filmda SSSR davrida Özbekistonning amalda paxta plantatsiyasiga aylantirilişi, şu siyosatning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari, bu jarayonlar mustaqillikdan keyingi ön yilliklargaça qanday ta’sir körsatgani va nihoyat paxta qulligiga qanday barham berilgani haqida söz yuritiladi.

Filmda SSSR davrida Özbekistonning amalda paxta plantatsiyasiga aylantirilişi, şu siyosatning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari hamda bu jarayonlar mustaqillikdan keyingi ön yilliklargaça qanday ta’sir körsatgani haqida söz yuritiladi.

Kun.uz hamkorligida suratga olingan hujjatli filmda taniqli ekspertlar iştirok etib, Özbekiston qaçon va qanday qilib paxta yetiştirişga ixtisoslaşgan mamlakatga aylanib qolgani, paxtaçilik oqibatida aholi qanday azob-uqubatlarga duç kelgani, şuningdek, bu sohaning mamlakat xöjaligi va genofondiga qoldirgan asoratlari haqida fikr bildirişgan.

2000–2016 yillar oraliğida paxtaning iqtisodiyotdagi uluşi qisqargan bölsa-da, u siyosiy hokimiyatni mustahkamlaş va jamiyat ustidan nazoratni saqlab qolişning asosiy vositalaridan biri bölib qolgan. Sovet davrida ta’lim tizimida majburiy mehnat amaliyoti yölga qöyilgani va bu holat mustaqillikdan keyin ham davom etilgani, yoşlar ta’lim oliş örniga arzon işçi kuçi omiliga aylangan.

Filmda, şuningdek, ötgan asr örtalariga qadar dunyodagi eng yirik köllardan biri bölgan Orol dengizining SSSRda amalga oşirilgan paxta siyosati natijasida qurib borgani haqida ham tarixiy dalillar keltirilgan.

“Oq oltin balosi” hujjatli filmi jamoatçilik tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olindi. Milliy kinotaqdimotda eng yaxşi hujjatli film sifatida e’tirof etilişi buni yana bir bor tasdiqladi.