Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
13 iyun kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. «Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, sessiyada O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov chiqish qilgan. Sessiyada prezident tavsiyasiga binoan Samarqand viloyatiga shu vaqtgacha Bekobod tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Turobjon Jo‘rayev hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
U 12 iyun kuni prezident tomonidan ishdan olingan Himmat Oqbo‘tayev o‘rnida ish boshlaydi.
Jo‘rayev Moliya vaziri o‘rinbosari, Xalq ta'limi vaziri sifatida ishlagan (2004—2008 yy), keyinroq 2008—2011 yillarda Surxondaryo viloyatida hokim bo‘lgan. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2011 yilning kuzida uni Qashqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlagan, 2013 yilning sentabrida esa u qattiq tanqid qilinib, ishdan olingandi.

U shu yilning aprelida rahbarlik lavozimiga qaytarilgan, Toshkent viloyati, Bekobod tumani hokimi sifatida ish boshlagandi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025
Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:21 / 25.11.2025