Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda Al Jazeera telekanali yopilishi mumkin
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning ma'lum qilishicha, Qatarning Al Jazeera telekanali efirini Isroilda to‘sib qo‘yish va uning mamlakatdagi ofisini yopish niyatida. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozgan.
«Al Jazeera Ibodat tepaligi yonida zo‘ravon holatlariga undashda davom etmoqda. Men huquqni muhofaza qilish idorlariga Al Jazeera’ning Al-Qudsdagi ofisini yopib qo‘yish haqida bir necha bor iltimos bilan murojaat qilganman», - deya yozdi Netanyaxu.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agarda bu ro‘y bermasa, telekanalni Isroildan chiqarib yuborishga imkon beruvchi qonunni ishlab chiqadi.
Avvalroq Al Jazeera texnik xato tufayli Saudiya Arabistonida vaqtincha ishlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
09:24 / 23.12.2025