Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning ma'lum qilişiça, Qatarning Al Jazeera telekanali efirini Isroilda tösib qöyiş va uning mamlakatdagi ofisini yopiş niyatida. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozgan.

«Al Jazeera Ibodat tepaligi yonida zöravon holatlariga undaşda davom etmoqda. Men huquqni muhofaza qiliş idorlariga Al Jazeera’ning Al-Qudsdagi ofisini yopib qöyiş haqida bir neça bor iltimos bilan murojaat qilganman», - deya yozdi Netanyaxu.

Uning qöşimça qilişiça, agarda bu röy bermasa, telekanalni Isroildan çiqarib yuborişga imkon beruvçi qonunni işlab çiqadi.

Avvalroq Al Jazeera texnik xato tufayli Saudiya Arabistonida vaqtinça işlagani xabar qilingandi.