Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Puchdemon va sheriklarini qamoqqa jo‘natishadi
Kataloniyaning sobiq rahbari, bugun Belgiyada politsiyaga taslim bo‘lgan Karles Puchdemon va uning 4 nafar maslahatchisi 24 soat muddatga hibs qilindi. Ammo tergov yakuniga ko‘ra, sudya ularni qamoqqa jo‘natishi mumkin. Bu haqda federal prokuratura ma'lum qilgan.
«Agar sudya ularni hibsda saqlash muddatini uzaytirsa, ular qamoqxonaga yuboriladi», degan prokuratura vakili jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar ayni vaqtda federal prokuratura binosida bo‘lib turibdi, kunning ikkinchi yarmida ular so‘roq qilinadi. Tergov vaqtida advokat va tarjimonlar ham bo‘ladi.
Jurnalistlar Belgiya tomoni Puchdemon va uning hamrohlari ekstraditsiya qilinishi ehtimoli haqida so‘rashgan, prokuratura vakili ayni vaqtda gap faqat hibsga olish jarayoni haqida ekanini aytgan.
«Ish avval birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi. Ko‘p ehtimol bilan apellyatsiya sudiga murojaat qilinadi. Bu esa 60 kungacha vaqt olishi mumkin», degan u. U Puchdemon va sheriklarini hibsda ushlab turish vaqti 60 kundan oshmasligi kerakligini ta'kidlagan.
Qo‘lga olinganlarning qo‘liga kishan taqilgan-taqilmagani xususida ham savol berilgan.
«Yo‘q. Agar ular o‘z atroflaridagi politsiyachilarga tahdid solmas ekan, kishan taqishga asos yo‘q», degan prokuratura vakili.
3 noyabr kuni Ispaniya milliy sud palatasi sudyasi Belgiyada bo‘lib turgan Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon va muxtoriyat jyeneralitetining qolgan maslahatchilarini hibsga olishga order berdi.
Bugun Karles Puchdemon hamda hukumatining sobiq 4 amaldori jyeneralitning sobiq sog‘liqni saqlash maslahatchisi Toni Komin, madaniyat bo‘yicha maslahatchi Luis Puch, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sobiq maslahatchi Merichel Serret va ta'lim bo‘yicha sobiq maslahatchi Klara Ponsanti Belgiyada politsiyaga o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘ldi.
Ularga nisbatan isyon ko‘tarish va davlat mablag‘larini suiste'mol qilish ayblovlari qo‘yilmoqda. Isyonni tashkillashtirish ayblovi uchun beriladigan maksimal jazo esa 30 yilni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
11:26 / 27.06.2025
Kataloniya separatistlari uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchida qoldi
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
07:10 / 09.08.2024