Kataloniya Jyeneraliteti rahbarligidan çetlaştirilgan Karles Puçdemon Belgiyada politsiyaga öz ixtiyori bilan taslim böldi. Bu haqda VRT öz manbasiga asoslanib xabar tarqatdi. Bundan avvalroq uşbu davlat hukumati uni va Kataloniya sobiq rahbariyatining yana 4 vakilini hibsga olişga order bergandi. Ular ham politsiyaga özini topşirişgan.
Belgiya prokuraturasi tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida bu ma'lumotlar tasdiqlandi.
Ötgan haftaning payşanba kuni Ispaniya Milliy sudi Karles Puçdemon va mintaqa hukumatining sobiq 4 amaldorini qamoqqa oliş haqida qaror çiqargandi. Bu esa butun Yevropa Ittifoqi hududida amal qiladi.
Ispaniyada isyon, kuç bilan hokimiyatni qölga oliş va kamomadga yöl qöyiş böyiça iş oçilgan. Kataloniya rahbariyatining ayblanayotgan vakillariga 30 yilgaça qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Ispaniya sudi Puçdemon va uning qöl ostidagilarni hibsga olişga order berdi













