Jahon | 09:50 / 21.11.2017
18529
2 daqiqa o‘qiladi

«Ro‘yxatga qaytariladi!» - Tramp KXDR bo‘yicha va'da berdi

Foto: Getty Images

Shimoliy Koreya terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashlanganidan to‘qqiz yil o‘tib, yana ushbu ro‘yxatga kiritiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, buni avvalroq qilish kerak edi.

Bi-bi-si xabariga ko‘ra, Tramp hukumat yig‘ilishida bu qaror Pxenyanga nisbatan qo‘shimcha “juda yirik sanksiyalarga” olib kelishi, ular haqida esa seshanba kuni e'lon qilinishiga va'da bergan.

Tramp bunday qadamga asosiy sabablar sifatida KXDR yadroviy dasturi va Pxenyan tomonidan “terrorizm xalqaro aktlarining” qo‘llab-quvvatlanishini tilga olgan.

Tramp bunday bayonot bilan Osiyo davlatlari bo‘ylab uyushtirgan safaridan qaytgach chiqish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya “terrorizmning xalqaro aktlarini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlaydi”.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat xalqaro qonunchilikka rioya etishi va o‘zining yadroviy dasturini to‘xtatishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh KXDR bo‘yicha 12 mln. dollar ajratgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid