Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh haqida: kuch bor, diplomatiya kerak emas
Foto: Getty Images
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Kuba va AQSh o‘zaro munosabatlari siyosiy maqsadlarga erishish uchun sanksiyalardan foydalanish bema'no ekanini ko‘rsatmoqda. Bu haqda RT xabar berdi.
«Kubaning blokadasi, embargo bo‘yicha. Faqat Kuba siyosiy maqsadlarga erishish uchun bunday majburlash choralarini qo‘llash ma'nosiz ekanini isbotlab bera oldi», - deya aytib o‘tdi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «afsuski, dars har doim ham foydali bo‘lmaydi».
«Bugun, Obama davridan boshlab, amerikaliklar, diplomatiyada nimagadir erisha olishmasa, sanksiyalar tayog‘iga darhol yopishishadi. Mana Shimoliy Koreya... xuddi shunday misol: mana bizda kuch bor. Kuch bor, diplomatiya kerak emas, mashhur maqolning ma'nosini o‘zgartirdim», - deya aytib o‘tdi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva KXDR yadroviy maqomga ega bo‘lmoqchi ekanidan jiddiy xavotirda ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:40 / 11.04.2026
AQSh-Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi - OAV
12:48 / 11.04.2026
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
10:22 / 11.04.2026
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi
09:38 / 11.04.2026