Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, Kuba va AQŞ özaro munosabatlari siyosiy maqsadlarga erişiş uçun sanksiyalardan foydalaniş bema'no ekanini körsatmoqda. Bu haqda RT xabar berdi.

«Kubaning blokadasi, embargo böyiça. Faqat Kuba siyosiy maqsadlarga erişiş uçun bunday majburlaş çoralarini qöllaş ma'nosiz ekanini isbotlab bera oldi», - deya aytib ötdi Lavrov.

Uning sözlariga köra, «afsuski, dars har doim ham foydali bölmaydi».

«Bugun, Obama davridan boşlab, amerikaliklar, diplomatiyada nimagadir erişa olişmasa, sanksiyalar tayoğiga darhol yopişişadi. Mana Şimoliy Koreya... xuddi şunday misol: mana bizda kuç bor. Kuç bor, diplomatiya kerak emas, maşhur maqolning ma'nosini özgartirdim», - deya aytib ötdi Lavrov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva KXDR yadroviy maqomga ega bölmoqçi ekanidan jiddiy xavotirda ekanini ma'lum qilgandi.