Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela BMTda ovoz berish huquqidan mahrum qilindi
Foto: REUTERS/Juan Medina
BMT normalariga muvofiq, Venesuela BMT Bosh assambleyasi doirasida qarzlari tufayli ovoz berish huquqidan vaqtinchalik mahrum etildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
Venesueladan tashqari, 2018 yil yanvar oyi oxiriga kelib qarzdorlar ro‘yxatidan Markaziy Afrika Respublikasi, Dominika, Ekvatorial Gvineya, Grenada, Liviya, Surinam va Yaman ham joy olgan.
Venesuela 2017 yilda ham BMTda ovoz berish huquqidan mahrum etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelada inflyatsiya 4000 foizdan oshib ketgandi.
Mavzuga oid
08:31
BMT bankrotlik xavfiga duch kelmoqda - WSJ
12:39 / 30.05.2026
Isroil va Rossiya kuchlari mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMT qora ro‘yxatiga kiritildi
08:22 / 26.05.2026
BMT statistikasi: qaysi davlatlarda o‘lim darajasi yuqori?
08:25 / 25.05.2026