Venesuela parlamentining moliya va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha komissiyasi rahbari Rafael Gusmanning ma'lum qilishicha, mamlakatda inflyatsiya darajasi bir yilda 4000 foizdan oshib ketdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Bu raqamlar uchun aybdor bo‘lgan yagona narsa – bu Nikolas Maduroning hukumatidir», - deya ta'kidlab o‘tgan Gusman.

Aniqlik kiritilishicha, Venesuelada inflyatsiya 2018 yilning yanvarida 84,2 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela hukmron partiyasi Maduroni prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida tanlagandi.