Jahon | 11:35 / 08.03.2018
9282
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Janubiy Koreya vakili AQShga KXDRdan «maxfiy maktub» bilan boradi 

Foto: KCNA/UPI

Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje Inning vakili AQShga «KXDR rahbariyatidan maxfiy murojaat» bilan boradi. Bu Shimoliy Koreyaga tashrifdan so‘ng yuz beradi, deb xabar qilmoqda «Ryonxap» manbalarga asoslangan holda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Chon Iy Yon Amerika tomonini KXDRga tashrifi yakunlari haqida xabardor etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti vakillari bilan muhim kelishuvga erishgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid