Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti vakillari bilan muhim kelishuvga erishdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In va Pxenyanga tashrif buyurgan Janubiy Koreya delegatsiyasi a'zolari Koreya yarim orolida harbiy keskinlikni kamaytirish ustida ishlashga kelishib oldi, shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari sammitini o‘tkazish imkoniyatini muhokama etdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.
Kim Chen In “Koreya yarim orolida chuqur harbiy keskinlikni kamaytirish muammolari, muloqot va ikki tomonlama aloqalar, hamkorlik hamda o‘zaro almashinuvni faollashtirish haqida fikr almashdi”, deyiladi agentlik xabarida. KXDR rahbarining Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In maxsus vakillari bilan uchrashuvi “samimiy ruhda” o‘tdi, deya ta'kidlaydi Koreya Markaziy telegraf agentligi.
"Kim Chen In janubiy koreyalik vakildan Mun Chje Inning sammit bo‘yicha rejalari haqida xabardor bo‘ldi, tomonlar o‘zaro fikr almashdi va ijobiy kelishuvga erishdi", - deya yozadi agentlik. KXDR yetakchisi “tegishli qadamlarni darhol amalga oshirish uchun muhim topshiriqlar berdi”, deya qayd etiladi xabarda.
Agentlik uchrashuv davomida KXDRning raketa va yadroviy dasturi muhokama etilganiga oydinlik kiritmagan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Mun Chje In ma'muriyati vakillari ham hozircha muzokaralar bo‘yicha vaziyatni ochiqlashmadi, ularning iddao etishicha, uchrashuv haqida hali batafsil hisobotni olishmagan.
Mavzuga oid
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024