Jahon | 08:48 / 26.03.2018
5606
1 daqiqa o‘qiladi

Jimmi Karter Trampning impichmenti haqidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadi

Foto: Getty Images

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karterning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp impichmenti g‘oyasiga salbiy munosabatdadir. Bu haqda u CBS’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Men unga nisbatan impichment bo‘lmasligi hamda u o‘z muddatini oxirigacha ishlashini xohlardim, sababi u yaxshi ishlarni amalga oshirmoqchi. Hamda men, agarda bunga qodir bo‘lsam, unga yordam berishni juda istayman», - deya ma'lum qildi Karter.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp «o‘z muddatini oxirigacha ishlaydi, surishtiruv bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myuller unga qarshi jinoiy ayblovlar qo‘ymaydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidenti Jyeyms Erl (Jimmi) Karter Qo‘shma Shtatlar amaldagi yetakchisi Donald Trampga Shimoliy Koreya bilan muzokaralarda yordam berishni xohlashi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid