AQŞ sobiq prezidenti Jyeyms Erl (Jimmi) Karterning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar amaldagi yetakçisi Donald Trampga Şimoliy Koreya bilan muzokaralarda yordam berişni xohlaydi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib ötgan.
Karterning suhbat davomida ta'kidlaşiça, öz siyosiy faoliyati davomida KXDR rahbariyati bilan taxminan 20 soatga yaqin muloqot qilgan.
«Men ular nimani istaşayotgani va nimaga ehtiyoji borligini tuşunaman. Hattoki şu hafta mening yonimga Oq uy vakili keldi va KXDR bilan munosabatlar böyiça sönggi ma'lumotlarni taqdim etdi», - deya qayd etib ötdi Karter.
Şuningdek siyosatçining aytişiça, Qöşma Ştatlar hozirgi prezidentini garçi özini tutişi tufayli köp tanqid qilişsa ham, Tramp Şimoliy Koreyadan AQŞ bilan muzokaralar ötkaziş xohişi haqidagi xabarlarni «ijobiy kayfiyatda qabul qildi».

















