Jamiyat | 21:40 / 04.04.2018
24991
2 daqiqa o‘qiladi

Rishtonda xalq kutubxonasi buzilmoqda: Dima Qayum Prezidentdan yordam so‘radi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumani dehqon bozorida xayriya aksiyasi o‘tkazish yo‘li bilan «Roshidoniy xalq kutubxonasi» ochib, kitoblar to‘plab, ularni rishtonliklarga tekinga o‘qishga berib turgan, ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum nomi bilan mashhur bo‘lgan Dilshod Boltaboyev kutubxonani 10 kun ichida buzib tashlash uchun ogohlantirish xati olganini o‘zini Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.

Dima Qayum o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali jonli efirga chiqib, kutubxonani saqlab qolish uchun Prezidentdan yordam so‘radi.

Dima Qayum Facebook’da joylashtirgan postlarida «Qani xalqim degan jurnalistlar?! Yordam beringlar!», deb xitob qiladi. Shuningdek, turli provokatsiyalarga uchrashining oldini olish maqsadida «Kutubxonadan noqonuniy kitoblar yo narkotik modda chiqibdi, deyishsa ishonmanglar!», deb xabar qoldirgan.

Dilshod Boltaboyevning tushuntirishicha, Rishton tuman «Dehqon bozori» MChJ boshqaruvi raisi I.Oripjonov ushbu kutubxona qurilishida o‘zi ham xayrixoh bo‘lgan. O‘tgan bir yil ichida nima o‘zgardi? Fevral oyi boshida Rishton tumanida hokim o‘zgardi. Adabiyot va she'riyatga ixlosi balandligi bilan tanilgan G‘ayratali Turg‘unovich Mamadaliyev o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilib, tuman rahbarligiga shu paytgacha So‘x tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Tavakkaljon Esonaliyevich Rahimov saylandi. Yangi hokim Rishtonda tug‘ilgan, ilgari shu tumanda IIB boshlig‘i vazifasida ham ishlagan.

Kun.uz ijodiy guruhi Rishton tuman dehqon bozorida ro‘y berayotgan buzilish ishlari haqida reportaj tayyorlab, Dima Qayumning xalq kutubxonasida ham mehmon bo‘lgan edi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid