Xalq deputatlari Rişton tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada Farğona viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev qatnaşdi. U Rişton tumanida sönggi yillarda köplab sohalarda ijobiy işlar qilinayotganini sanab ötib, bir qator sohalarda köplab yutuqlarga erişilganini ta'kidlaş bilan birga yöl qöyilgan qator kamçiliklar haqida öz sözida alohida töxtaldi, deb yozadi «Rişton haqiqati» gazetasi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Ğayratali Turğunoviç Mamadaliyev öz arizasiga köra Rişton tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.
Şu kungaça Söx tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Tavakkaljon Esonaliyeviç Rahimov Rişton tuman hokimi etib tayinlandi.
Tavakkaljon Rahimov Esonaliyeviç 1963 yilda Farğona viloyati, Rişton tumanidagi Dutir qişloğida tuğilgan. Ma'lumoti — oliy, 1986 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining muhandis-texnolog mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
Tavakkaljon Rahimov öz mehnat faoliyatini 1988 yili Rişton Agrosanoat kombinati işçiligidan boşlagan. 1993–2012 yillarda içki işlar organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Rişton tuman IIB boşliği vazifasida ham işlagan. 2012 yildan buyon Söx tumani hokimi vazifasida işlab kelgan.
Öz navbatida Söx tumaniga şu vaqtgaça Farğona viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini oliş boşqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Farrux Ösarov yangi hokim etib tayinlangan.
Şuningdek, Buvayda tumani hokimi özgargan. Uşbu tuman hokimi Alibek Tursunov viloyat hokimi örinbosarligiga ötgan, uning örniga Bağdod tumani hokimi örinbosari Behzod Ibragimov tumanga hokim bölgan.






