Kun.uz Farğona vodiysi böylab ijodiy safarini Rişton tumanidan boşladi. Uşbu tumandagi dehqon bozorida tadbirkorlarga tegişli dökonlar va umumiy ovqatlaniş korxonalari tuman hokimligi taşabbusi bilan buzib taşlanayotgani, boz ustiga, tadbirkorlarga heç qanday kompensatsiya va'da qilinmayotgani haqidagi e'tiroz va şikoyatlar ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilindi, tahririyatga ham uşbu masalada murojaat qilindi.

Biz bu yerda yuz berayotgan hodisalar bilan voqea joyida tanişiş, mutasaddilardan izoh söraş uçun Rişton dehqon bozoriga kirdik.

Töğrisi, juda köplab tumanlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi «2017–2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qiliş va ularning hududida zamonaviy savdo majmualarini quriş dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi PQ–2853 sonli qarorini bajariş yuzasidan bozorlarlardagi mavjud eskirgan inşootlar buzib taşlanib, zamonaviy loyihalar asosida yangilari barpo etilmoqda.

Biroq adolat yuzasidan qayd etiş kerakki, Riştonda buzilayotgan dökon va boşqa inşootlar yaqinda, zamonaviy qilib qurilgan, köpçilik tumanlardagining oldida töyga borardi.

Fevral oyi boşida Rişton tumanida hokim özgardi. Ğayratali Turğunoviç Mamadaliyev öz arizasiga köra işdan böşatilib, tuman rahbarligiga şu paytgaça Söx tumani hokimi bölib işlab kelgan Tavakkaljon Esonaliyeviç Rahimov saylandi. Yangi hokim Riştonda tuğilgan, ilgari şu tumanda IIB boşliği vazifasida ham işlagan.

Tadbirkorlar Kun.uz muxbirlari bilan suhbatda buziş işlari 9 fevral kuni bozor pattaçilari tomonidan boşlab yuborilganini bildirişdi. Tuman hokimining qarori esa 17 fevral kuni çiqqan. Tuman hokimi qarorida bozor kengayişi munosabati bilan aholining turar joylari va noturar joylari buzilişi ularga yetkazilgan zararlar qoplanişi sanab ötilgan. Biroq dökonlari buzilayotgan tadbirkorlarga tegişli mulk haqida heç qanday gap-söz yöq.