O‘zbekiston | 22:50 / 04.04.2018
135767
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiqlarga imkon berildi. Jizzaxda 1 kunda 6 hokim o‘zgardi

3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga tashrif uyushtirdi.

Tashrif davomida bosh vazir raisligida viloyat markazi Jizzax shahrida, Baxmal, Do‘stlik, Paxtakor va Zarbdor tumanlarida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyalari o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. 

Kun.uz manbasi xabar berishicha, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan viloyat bo‘yicha jami 6 hokim o‘zgardi.

Jizzax shahri hokimi Akrom Bahritdinovich Raxmonqulov o‘rniga Akbar Safarovich Shukurov;

Baxmal tumani hokimi Bahriddin O‘rolovich Safarov o‘rniga Musa To‘rayevich Anarboyev;

Do‘stlik tumani hokimi Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyev o‘rniga Ulug‘bek Yuldashevich Uzoqov;

Paxtakor tumani hokimi Narzulla G‘aybullayevich Qo‘shboqov o‘rniga Shukrullo Habibullayevich Boboyev;

Zarbdor tumani hokimi Sanoqul Jo‘raqulovich Anqayev o‘rniga Narzulla G‘aybullayevich Qo‘shboqov;

Zafarobod tumani hokimi v.b Ziyadin Hamidovich Sayidov o‘rniga Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyev tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining sobiq hokimi Shukrullo Boboyev va Jizzax viloyatining sobiq hokimi Ulug‘bek Uzoqov o‘tgan yilning 30 oktabrida 2017 yilgi paxta mavsumida ushbu viloyatlarda hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sababli prezident tomonidan ishdan olingandi.

Mavzuga oid