Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Eplay olishmadi». Oq uy Rossiyani ayblab chiqdi
Oq uy rasmiy vakili Sara Sandersning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati Suriyada kimyoviy quroldan foydalanmaslik kafolatlari bo‘yicha o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlarni bajara olmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Ular qila olishmadi. Shuningdek, ular BMT Xavfsizlik Kengashining 6ta turli rezolyutsiyasiga veto qo‘yib, Suriyaga yordam berishdi. Bu vetolar esa Suriya prezidenti Bashar Asadni himoya qilishda qo‘l keldi», - deya aytib o‘tdi Sanders.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Rossiya tomoni o‘zini «yomon jihatdan» ko‘rsatdi, biroq mamlakat hukumati o‘z xatti-harakatini o‘zgartirishiga umid borligini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiya Suriyadagi kimyoviy hujumlar bo‘yicha KQTT bilan halol hamkorlik qilishiga ishonmasligini bildirgandi.
Mavzuga oid
08:55
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
17:41 / 02.07.2026