Jahon | 11:42 / 11.04.2018
6270
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh: Rossiya Suriyadagi kimyoviy hujumlar bo‘yicha KQTT bilan halol hamkorlik qilishiga ishonmaymiz

Foto: AFP 2018 / Kena Betancur

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heylining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Suriyaning Duma shahrida yuz bergan kimyoviy hujumni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha Rossiya rezolyutsiyasiga qarshi chiqdi, sababi Rossiya hukumati avvaldan bu hodisa haqiqatdan yuz berganiga ishonmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Rossiya o‘z loyihasiga bir nechta takliflarni kiritdi, ular ancha muammoli. Shuningdek, Rossiya xalqaro surishtiruvdan kamchilik topishga urinmoqda. Rezolyutsiya Rossiya va Suriya prezidenti Bashar Asad rejimini haydovchi o‘rniga qo‘ymoqda. Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti missiyasi dalillarni aniqlash bo‘yicha tayyorgarlik bilan shug‘ullanishi muhim narsaga aylanadi. Bizga Dumaga aloqador bo‘lgan barcha narsa yolg‘on ekanini aytayotgan o‘sha hukumat Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti bilan ezgu niyat ruhida ishlashiga ishonish taklifi berildi», - deya aytib o‘tdi Heyli BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.

Shuningdek uning ma'lum qilishicha, rezolyutsiya loyihasida KQTT ekspertlari faoliyatining «mikromenejmenti» bor – uning so‘zlariga ko‘ra, loyihada «tergovchilar qayerga borishi lozimligi» belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya bo‘yicha bir qarorga kela olishmagani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid