Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishi mumkinligi ma'lum qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Shveytsariyada uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqda NBC News manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ikki yetakchi o‘zaro uchrashuv o‘tkazishi mumkin bo‘lgan joylar orasida Pekin, Pxenyan va Ulan-Bator tilga olingan. Biroq, bu shaharlarning bari xavfsizlik nuqtai nazaridan rad etildi.
Manbalarning iddao etishicha, AQSh rasmiy shaxslari uchrashuv uchun neytral joyni, masalan Yevropani tanlashmoqchi.
Shu bilan birga, ikki mamlakat vakillari yakuniy qarorni hali qabul qilmagani aytilmoqda. Ammo, Shveytsariya eng maqbul variantlar orasida yetakchilik qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen In shaxsan suhbatlashgani rad etilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
19:37 / 18.11.2024
Kim Chen In KXDR harbiylariga murojaat yo‘lladi
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
22:13 / 31.10.2024