AQŞ prezidenti Donald Tramp va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Şveytsariyada uçraşuv ötkazişi mumkin. Bu haqda NBC News manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Telekanal ma'lumotlariga köra, ikki yetakçi özaro uçraşuv ötkazişi mumkin bölgan joylar orasida Pekin, Pxenyan va Ulan-Bator tilga olingan. Biroq, bu şaharlarning bari xavfsizlik nuqtai nazaridan rad etildi.

Manbalarning iddao etişiça, AQŞ rasmiy şaxslari uçraşuv uçun neytral joyni, masalan Yevropani tanlaşmoqçi.

Şu bilan birga, ikki mamlakat vakillari yakuniy qarorni hali qabul qilmagani aytilmoqda. Ammo, Şveytsariya eng maqbul variantlar orasida yetakçilik qilyapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp va Kim Çen In şaxsan suhbatlaşgani rad etilgandi.