Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning ma'lum qilişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakçisi Kim Çen In şaxsan gaplaşmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Yetakçi Kim Çen In bilan muzokaralarga keladigan bölsak: prezident ma'muriyat oliy darajada muzokaralar ötkazganini aytdi va ular u bilan töğridan töğri bölmaganini qöşimça qilib ötdi», - deya aytib ötgan Sanders.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya bilan muzokaralar boşlangani haqida ma'lum qilgandi. «Bizda juda oliy darajadagi töğridan-töğri muzokaralar ötkazildi», — degan Tramp Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan uçraşuv vaqtida. U AQŞ kelgusida qanday yöl tutişni körib çiqişi, ikki tomonlama uçraşuvlar yoki uçraşuvlar ötkaziş böyiça kelişuvlar emas, yakuniy natijalar muhimligini ta'kidlab ötgan.