Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Rossiya prezidenti etib saylangan Vladimir Putin Katta Kreml saroyidagi inauguratsiya marosimida qasamyod keltirdi.
Putin o‘ng qo‘lini RF Konstitutsiyasiga qo‘yib, qasamyod matnini qaytargan. Prezidentlik qasamyodining o‘ttiz uchta so‘zi, xuddi davlat rahbari maqomi kabi, Konstitutsiyaning to‘rtinchi bo‘limida belgilab qo‘yilgan: "Rossiya Federatsiyasi prezidenti vazifasini bajarishda inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarini hurmat va muhofaza qilish, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga rioya etish va himoya qilish, davlat suvereniteti va mustaqilligi, xavfsizligi hamda yaxlitligini himoya qilish, xalqqa halol xizmat qilishga qasamyod qilaman".
Uning uchun inauguratsiya marosimi to‘rtinchi bo‘ldi. U mamlakatni kelayotgan olti yil davomida boshqaradi.
Inauguratsiya Katta Kreml saroyida bo‘lib o‘tdi, unga besh mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Putin rossiyaliklarga murojaat bilan ham chiqqan.
Uning ta'kidlashicha, "xalq va Rossiya oldidagi juda katta mas'uliyatini tushunadi" va “mamlakat kelajagi tinch hamda farovon bo‘lishi uchun barcha ishni” qiladi.
Prezident “insonlar va Vatanga xizmat qilishni” o‘z hayoti maqsadi deb atagan. Uning qayd etishicha, "Rossiya qudratli bo‘ladi, odamlar esa yaxshiroq yashay boshlaydi".
U rossiyaliklarga saylovlarda o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorlik ham bildirgan.
Davlat rahbari hozirgi vaqtga “shiddatli o‘zgarishlar davri” deb baho berdi hamda mamlakat barcha sohalarda katta o‘zgarishlarga muhtojligini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati bugun iste'foga ketishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55
Rossiyada benzin sotuviga cheklovlar kengaymoqda
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026