Dmitriy Medvedev boşqarayotgan Rossiya hukumati bugun, 7 may kuni iste'foga ketadi. 

RF prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasidan söng hozirgi vazirlar mahkamasi lavozimga kirişgan davlat rahbari oldida öz vakolatlarini topşiradi.

Bu qaror RF hukumatining prezident lavozimiga kirişgan kundagi tegişli farmoyişi bilan rasmiylaştiriladi.

Şu bilan birga, “eski” vazirlar mahkamasining a'zolari v.b. prefiksini avtomatik tarzda oladi va yangi tarkib şakllanguniga qadar öz vazifasini bajarişda davom etadi.

Şundan söng prezidentda Davlat dumasiga boş vazir lavozimiga nomzodni taklif qiliş uçun ikki hafta vaqt böladi.

E'tiborli tomoni, boş vazir vazifasini bajaruvçining nomzodi keyin Davlat dumasiga kiritilişi majburiy emas. Masalan, 2004 yilda boş vazir Mixail Kasyanovning iste'fosidan söng Viktor Xristenko hukumat rahbari lavozimini vaqtinçalik bajardi, biroq Davlat dumasiga Mixail Fradkov nomzodi kiritildi.

Hukumatning hozirgi iste'fosi zamonaviy Rossiya tarixida hisob böyiça 13- va prezident inauguratsiyasi munosabati bilan yettinçisi böladi.

Putin boş vazir lavozimiga kimni tayinlaşi va vazirlar mahkamasi yangi tarkibiga kimni kiritişi haqida hozirça öz fikrlarini bildirmadi.

Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham kadr özgarişlarini oçiqlamadi va prezident inauguratsiyadan söng, qonun bilan belgilangan istalgan vaqtda Davlat dumasiga boş vazir lavozimi uçun nomzodni kiritiş huquqiga ega ekanini ta'kidlab ötdi.

Medvedevning özi ham siyosiy faoliyati haqida aniq heç narsa demadi. Biroq, u avvalroq dam olişga ketmoqçi emasligi va bundan keyin ham işlaşda davom etişni xohlayotganiga işora qilgandi.

Siyosatşunoslarning fikriça, inauguratsiyadan söng hukumat tarkibining deyarli yarmi yangilanadi. Şu bilan birga, jurnalistlar bilan muloqotga kirişgan vazirlar öz kelajagi haqida aniq heç narsa deya olmagan.