Jahon | 09:37 / 15.05.2018
11084
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreyaga taklif bilan chiqdi, u qabul qilindi

Foto: Reuters

KXDR hukumati Janubiy Koreya rasmiylariga 16 may kuni yuqori darajada uchrashuv o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Reuters Janubiy Koreya hukumatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda tomonlar rejalashtirilayotgan uchrashuvning batafsil jihatlarini muhokama qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv davomida Qizil Xoch yo‘nalishi bo‘yicha muloqotni tiklash masalalari tilga olinishi mumkin.

«Ryonxap» xabariga ko‘ra, Koreya Respublikasi Birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi mamlakat hukumati Shimoliy Koreyaning bu taklifiga rozi bo‘lgani haqida ma'lum qilgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, KXDR 29 kishilik delegatsiyani yuboradi. Ta'kidlanishicha, undan sport va mamlakatning iqtisodiy masalalari bilan shug‘ullanuvchi amaldorlari, shuningdek, jurnalistlar joy oladi.

Shu bilan birga, delegatsiyaga KXDRning Tinch birlashuv bo‘yicha qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Tramp va Kim Chen In o‘zaro uchrashuvi yakunida Koreya urushi yakunlanganini e'lon qilishi haqida xabar bergandi.

 

Mavzuga oid