Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Kim Chen In Koreya urushi yakunlanganini e'lon qiladi – OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Singapurda 12 iyunda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi Koreya urushi yakunlanganini e'lon qilish bilan tugashi mumkin. Bu haqda Nikkei yozmoqda.
Yaponiya gazetasi rejalashtirilayotgan sammit kun tartibi haqida ma'lumotga ega bo‘lgan. Xususan, AQSh KXDRning butunlay yadrosizlanishi muddatlarini mustahkamlab qo‘ymoqchi. Yaponiya tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda va aniq muddatni taklif etyapti – 2020 yil. Bunday cheklovlar Amerika prezidenti saylovlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin, deya ta'kidlaydi nashr.
Tramp avval gapirgan «muhim kelishuv»ga esa uchrashuv oxirida Koreya urushi yakunlanganining e'lon qilinishi aylanishi mumkin. Shundan so‘ng gap o‘t ochishni to‘xtatishdan tinch bitimga rasmiy o‘tish haqida borishi ehtimolga yaqin, deb yozmoqda Nikkei.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy nega Singapur tanlanganini tushuntirib bergandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026