Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda JSTga a'zo bo‘lish uchun qancha vaqt ketishi hisoblab chiqildi
O‘zbekistonga Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lish uchun taxminan besh yil kerak bo‘ladi, deya ma'lum qildi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (SSP) raisi Adham Ikromov.
«Biz Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish yo‘lini 4-5 yil mobaynida bosib o‘tish haqida o‘ylayapmiz», - dedi Ikromov Toshkentdagi O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumida chiqish qilib.
O‘tgan yilning noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga safari chog‘ida JSTga a'zo bo‘lish bo‘yicha ish tiklangani haqida ma'lum qilgandi.
JST butun tovar oqimlari umumiy hajmining 94 foizini qamrab oladi, shuning uchun ushbu tashkilotga qo‘shilish O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Avvalroq, tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev mamlakatning JSTga a'zo bo‘lishi salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun ushbu jarayonni iqtisodiyotning muayyan sektorlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning turli guruhlari va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlariga muvofiqligini baholash asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh O‘zbekistonni JSTga a'zo bo‘lish jarayonida qo‘llab-quvvatlayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
09:02 / 12.03.2026
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
08:00 / 20.02.2026