AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi va Jahon Banki guruhi Taşqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda hukumat mulozimlari va manfaatdor tomonlarni Jahon savdo taşkiloti (JST) jarayoni va uning Özbekiston uçun potensial oqibatlari haqidagi bilimlarini oşirişga yordam beriş maqsadida şu hafta Toşkentda “Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga kiriş jarayonini yangidan boşlaş” mavzusida seminar taşkil etadi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xabar bergan.
Özbekiston çegaralar oşa savdo-sotiq oqimini osonlaştirişga qaratilgan köp tomonlama harakat uçun mas'ul sanalgan JSTga a'zo böliş böyiça sa'y-harakatlarini qayta tiklaşni rejalaştirmoqda. Uşbu jarayonni aniq-tiniq tuşunib oliş a'zolikni közlagan Özbekiston uçun juda muhimdir.
Tadbirda JST va savdo munosabatlari böyiça katta tajriba orttirgan xalqaro ekspertlar taşkilotga kiriş bilan boğliq murakkab jarayon xususida sözlaydi hamda Afğoniston, Gruziya, Qozoğiston va Tojikiston misolida JSTga a'zo bölişga oid tajribalari bilan örtoqlaşadi.
Seminarda nutq sözlagan Xalqaro taraqqiyot agentligining Özbekistondagi direktori Geri Robbinsga köra, “JSTga a'zolik Özbekistonning xalqaro savdo jamiyatiga a'zoligi hamda uning aslida biznes uçun oçiq mamlakat ekani xususida butun dunyoga işora berişi mumkin. Özbekistonning bu taşkilotga qabul qilinişi uning JSTga a'zo mamlakatlar, jumladan Qöşma Ştatlar bilan ham ikki tomonlama savdo munosabatlarini kuçaytiradi.”
Seminar Idoralararo kengaş boşçiligida Taşqi savdo vazirligi raislik qiluvçi JSTga a'zolik böyiça yöl xaritasining amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaydi. Iqtisodiyot vazirligiga qişloq xöjaligi, standartlar, intellektual mulk, bojxona va savdo sohasida xizmat körsatiş kabi masalalarga javobgar turli hukumat idoralari bilan JSTga a'zolikni muvofiqlaştiriş vazifa etib yuklatildi.
Jahon savdo taşkiloti mamlakatlar örtasidagi savdo tartib-qoidalari bilan şuğullanuvçi yetakçi xalqaro taşkilot sanaladi. JSTga a'zolik butun dunyoda qoida va tartiblarni muntazam ravişda tatbiq etiş orqali raqobatbardoşlik va savdo-sotiqni oşirişga yordam beradi.

















