Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda “Tolibon”ning 300 jangarisi yo‘q qilindi
Afg‘oniston g‘arbida “Tolibon” radikal harakatining taxminan 300 jangarisi yo‘q qilindi, janglarda 15 harbiy va 10 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Tolo News telekanali Farax viloyati gubernatori Abdul Bosir Salangaga asosan.
Toliblar seshanba kuni ertalab Farax viloyatiga hujum boshlab, hukumat qo‘shinlari bilan kuchli to‘qnashuvlarga kirishishdi. Tolo News’ning Afg‘oniston IIV vakili Najib Donishga asosan xabar berishicha, hujum qilganlar hukumatning bironta binosini egallay olmagan. NATOning mamlakatdagi missiyasi qo‘mondonligi Afg‘oniston kuch tuzilmalari jangchilari Amerika HHK ko‘magida “Tolibon” otryadlari hujumini qaytargani haqida ma'lum qildi.
Viloyat gubernatori ma'lumotlariga ko‘ra, hujumda hammasi bo‘lib qariyb 2 ming jangari ishtirok etgan.
"Avvaliga ming nafar tolib Farax tumanlariga hujum qildi, birinchi hujumdan so‘ng ularga yana ming nafar jangari qo‘shildi", - deya ma'lum qilgan u.
Salanganing qo‘shimcha qilishicha, janglar davomida “15 harbiy, 10 politsiyachi va 5 nafar oddiy fuqaro halok bo‘ldi”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda toliblar hujumi natijasida 30 nafar politsiyachi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:30
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:06 / 03.06.2026