Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda yana fojia: toliblar hujumi natijasida 30 nafar politsiyachi halok bo‘ldi
Foto: REUTERS
Afg‘oniston g‘arbida «Tolibon» radikal harakati jangarilarining tungi hujumlari oqibatida afg‘on xavfsizlik kuchlarining 30dan ortiq xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters Afg‘oniston ommaviy axborot vositalariga tayangan holda xabar bergan.
Toliblar mamlakatning g‘arbiy qismidagi Farax viloyatida joylashgan shu nomli shahardagi politsiya bo‘limi va bir necha nazorat-o‘tkazish punktlariga hujum qildi. Jangarilar bo‘limni egallab olishgan va qurol hamda o‘q-dorilarni o‘g‘irlab ketishgan. Huquq-tartibot idoralarining o‘nlab xodimlari turli darajada jarohat oldi.
To‘qnashuvlar yuz bergan tumanga hukumat kuchlari bo‘linmalari yuborildi, hozirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘qotilgan obektlar ustidan nazorat qayta tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh «Tolibon» bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026