Sport | 13:37 / 26.05.2018
9033
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda bugun tartibni saqlashga 10 ming politsiyachi jalb etiladi

Foto: New Straits Times

Kiyevda bugun UYeFA Chempionlar ligasi finali vaqtida Ukraina IIV tizimi idoralarining 10 ming xodimi tartibni saqlaydi. Bu haqda Kiyev politsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

"Kunning ikkinchi yarmida va o‘yin oxiriga qadar IIV tizimining barcha idoralaridan jalb etilgan 10 000 xodim tartibni saqlashga jalb etiladi", - deya xabar berishgan politsiyadan.

Mahkamadan bildirishlaricha, huquqni muhofaza qilish organi xodimlari mojarolar va fitnalar yuzaga kelmasligi uchun barcha narsani qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevda "Liverpul" ishqibozlari hujumga uchragandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid