Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda «Liverpul» ishqibozlari hujumga uchradi
«Liverpul» ishqibozlari Kiyev shahridagi, YeChL finali bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiyskiy stadionidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan Rooster restoranida bezorilar hujumiga uchradi.
«Biz shunchaki tushlik qilayotgan edik va o‘z ishlarimiz bilan shug‘ullanayotgandik. To‘satdan hujum ro‘y berdi. Men bu yerga mushtlashish uchun emas, balki futbol ko‘rish uchun kelganman. Biz Kiyevga to‘rt soat avval yetib keldik va hujumga uchradik, bu dahshatli bo‘ldi», - deya jarohat olganlardan birining so‘zlarini keltiradi Mirror.
Ta'kidlanishicha, niqoblarda bo‘lgan taxminan 20 kishi angliyalik ishqibozlarga qarata shishalar, stollar va stullarni uloqtirgan. Hodisa oqibatida bir necha ishqiboz boshi va bo‘ynidan jarohat olgani aytilmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organ xodimlari hujum qilganlardan ikki nafarini qo‘lga olgan.
Kiyevda 26 may kuni YeChL finali bo‘lib o‘tadi. Maydonda «Liverpul» va Madridning «Real»i to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko «Real»ning 2000dan oshiq muxlisi YeChL finali uchun chiptalarni qaytarib bergani haqidagi ma'lumotni yolg‘on, deb atagandi.