Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Captiva yil oxirigacha ishlab chiqarishdan olinadi
Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Umidjon Salimov ma'lum qildi.
«Hozirda Captiva o‘rnini bosadiganlar tayyorlanmoqda. Mashina o‘z hayot siklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarishni to‘xtatamiz», - dedi Salimov.
O‘zbekistonda Captiva 2007 yil oktabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Matiz ishlab chiqarishni to‘xtatayotgani xabar berilgandi. Ushbu sinfdagi avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj Spark avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.
Mavzuga oid
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
15:56 / 26.03.2025
Sirdaryoda stadionda odamlar ustiga haydalgan Captiva auksionda sotilib, puli davlat hisobiga o‘tkazildi
21:56 / 18.01.2025
Toshkentda Captiva yonib ketdi
18:00 / 05.12.2024