2018 yilning iyul oyidan e'tiboran GM Uzbekistan AJ işlab çiqariş quvvatlarida Matiz rusumli avtomobillarni yiğiş yakunlanadi. Uşbu qaror modellar qatorini yangilaş borasidagi strategiyaga muvofiq hamda uşbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatga olgan holda qabul qilindi, deb xabar bermoqda kompaniya axborot xizmati.

Şu munosabat bilan uşbu modeldagi avtomobillarni yetkazib beriş böyiça şartnomalarga arizalarni röyxatdan ötkaziş töxtatilgan.

GM Uzbekistan iste'molçilar oldida özining majburiyatlarini bajarilişini va avtomobillarni tuzilgan şartnomalar böyiça öz vaqtida va tölaligiça yetkazib berilişini ta'kidlagan.

Eslatib ötamiz, Matiz avtomobili Asaka avtomobil zavodida işlab çiqarilişi özlaştirilgan törtinçi model bölib, 2001 yil avgust oyidan yiğila boşlangan.  2004 yil dekabr oyida dvigatel hajmi 1 l bölgan Matiz Best xamda avtomatik uzatma qutili modifikatsiyalari işlab çiqarilişi yölga qöyilgan.  

Matiz avtomobillari kiçik hajmli avtomobillar sinfiga tegişli bölib, uşbu sinfdagi avtomobillarga bölgan ehtiyoj Spark avtomobillarini işlab çiqariş hajmlarini kengaytiriş orqali qoplanadi.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 29 may kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida Andijondagi avtomobil zavodini tanqid qilgandi.