Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul Pxenyan bilan tinchlik bitimi imzolanishiga shubha qilmoqda
Foto: Ahn Young-joon/AP
Janubiy Koreya hukumati fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvidan so‘ng, Shimoliy Koreya bilan tinchlik to‘g‘risidagi bitimni tezlik bilan imzolash imkonsizdir. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Seulda Pxenyan bilan tinch kelishuv KXDR - AQSh sammitidan so‘ng muvaffaqiyatli imzolanishiga ishonishmayapti, sababi muzokaralarda Xitoy ishtirok etmayapti.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida sulh to‘g‘risidagi bitim 1953 yilda, Xitoy tomonining ishtirokida imzolangan.
Manbalar so‘ziga ko‘ra, Janubiy Koreya tinch kelishuvni imzolash istiqbollariga nisbatan ehtiyotkorlik bilan qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Kim Chen Inga taklif bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026