Jahon | 14:44 / 07.06.2018
4942
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada lordlar palatasi a'zolariga yig‘ilishlar vaqtida uxlash taqiqlandi

Foto: BBC

Britaniya parlamentida lordlar palatasi a'zolaridan debatlar vaqtida uxlamaslikni talab qilishdi. Bu haqda The Times yig‘ilishlar vaqtida o‘zini tutish qoidalariga amal qilishga chaqiriq bo‘lgan hujjatga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, palata a'zolari baland ovozda gaplashishadi, baqirishadi, shuningdek, debatlar vaqtida uxlaydilar.

«So‘nggi oylarda lordlar palatasidagi holat biz amal qilishimiz lozim bo‘lgan standartlarga mos kelmayotgandi», - deyiladi hujjat matnida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya F-35 qiruvchilarini muddatdan avval qabul qilib olgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid