Britaniya harbiy-havo kuçlari Amerikaning törtta F-35B Lightning beşinçi avloddagi qiruvçisini qabul qilib oldi, ular Norfolk grafligidagi bazaga rejalaştirilgan muddatdan ikki oyga avvalroq kelgan. Bu haqda HHK saytida xabar berildi.

«Endi Britaniyaga tegişli bölgan eng zamonaviy qiruvçilar Norfolkdagi özining yangi uyiga keltirildi. Ular AQŞdan amalga oşirilgan transatlantik parvozdan söng keça keçqurun Britaniya yeriga qadam qöydi», - deyiladi harbiy mahkama saytidagi xabarda.

Buyuk Britaniya hammasi bölib şunday turdagi 138ta qiruvçi xarid qilişni rejalaştirmoqda. Mamlakat hukumati 2021 yilga qadar yangi harbiy samolyotlar uçun 12 mlrd funt sterling sarflaş niyatida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya AQŞ F-35 qiruvçi samolyotlarni yetkazib bermasa, nima qilişini aytgandi.