Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temir yo‘l vokzallariga kirib-chiqishni erkinlashtirish taklif qilindi
Foto: KUN.UZ
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida temir yo‘l vokzallariga kirib-chiqishni erkinlashtirish bo‘yicha petitsiya hozirgi kunga kelib 2511 ovozni yig‘di.
«Poytaxtimizdagi va viloyatlardagi vokzallarga kirib-chiqish yo‘lovchilarni kuzatuvchilarga va kutib oluvchilarga katta muammo sanaladi», - deyiladi murojaat matnida.
Qayd etilishicha, vokzallarga kirib-chiqishdagi hozirgi holat nafaqat fuqarolarimiz uchun, shuningdek yurtimizga tashrif buyurayotgan turistlar uchun ham noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
«Shu munosabat bilan vokzallarga kirib-chiqish tartibini soddalashtirib, fuqarolarga biletsiz kirib-chiqish imkoniyati yaratilishini so‘rayman», - deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtotransportdan foydalanish uchun talab etiladigan majburiy ishonchnoma olish tizimini bekor qilish taklif etilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025